O‘zDJTU Registrator xodimlari tomonidan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi

21-noyabr kuni O‘zDJTU Registrator ofisi xodimlari Ingliz tili 3-fakulteti hamda Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari bilan tanishtiruv uchrashuvini o‘tkazdi.

 

 

Uchrashuv davomida talabalar:
- Registrator ofisining asosiy vazifalari
- Ko‘rsatiladigan xizmatlar
- Arizalar qabul qilish tartibi
- Elektron xizmatlardan foydalanish
- Ma’lumotnomalarni olish jarayoni bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
- Bugungi kunda talabalarga 64 dan ortiq xizmat yagona markaz orqali ko‘rsatilayotgani,
- Kontrakt to‘lov tartibi va usullari,
- kontrakt.edu.uz platformasidan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar ham berildi.
Uchrashuv talabalarga o‘qish jarayonida zarur bo‘lgan xizmatlardan tez, to‘g‘ri va qulay foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube