OʻzDJTU rektori Angren xorijiy tillar fakultetidagi qurilish ishlari bilan tanishdi

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov universitet rahbariyati vakillari hamrohligida Angren xorijiy tillar fakultetida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari jarayoni bilan tanishdi.

 

 

Tashrifda OʻzDJTU moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori M. Xamrayev hamda Angren xorijiy tillar fakulteti dekani I. Bazarov ham ishtirok etib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini joyida ko‘zdan kechirdilar.

Rektor I. Tuxtasinov ta’lim muhitini yanada yaxshilash, zamonaviy o‘quv xonalarini jihozlash va talabalarga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

 

 

Mazkur tashrif fakultetda olib borilayotgan infratuzilma ishlarini yanada samarali tashkil etish va o‘quv jarayonini yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube