OʻzDJTU va Indoneziya Taʼlim Universiteti o‘rtasida hamkorlik

 

2025-yil 20-oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga Indoneziya Taʼlim Universiteti (Universitas Pendidikan Indonesia, UPI) vakillari tashrif buyurdi. Uchrashuvda  Xalqaro boʻlim boshligʻi X. Yuldashev, Ingliz tili 1-fakulteti dekani G.Ergasheva, shuningdek, UPI xalqaro boʻlim boshligʻi prof. Eri Kurniawan va Scopus bazasida indekslangan "Indonesian Journal of Applied Linguistics" jurnalining bosh muharriri, Nita Noriko ishtirok etdilar.

 

Tomonlar ikki universitet o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar:

Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi;
 Qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari;
 Malaka oshirish dasturlari va seminarlar;
 Taʼlim sifatini oshirish.

 

Ushbu uchrashuv OʻzDJTU va UPI o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, hamda ilmiy, taʼlimiy va madaniy sohalarda barqaror hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim qadam sifatida baholandi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube