O‘zDJTUda mahalla yetakchilari bilan ochiq muloqot tashkil etildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi mahalla yoshlar yetakchilari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda 55 nafar mahalla yetakchilari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, mahallalarda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha bepul kurslarni tashkil etish, til o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojni qondirish hamda ijtimoiy faollikni kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Mahalla yetakchilari O‘zDJTU bilan hamkorlikda til o‘rgatishga oid amaliy loyihalarni yo‘lga qo‘yish istagini bildirib, bu boradagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.
Uchrashuv yakunida ta’lim va mahalla tizimi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lida ishlar davom ettirilishi ma’lum qilindi.