O‘zDJTUda “Registrator ofis” faoliyati takomillashmoqda

 

1-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xizmat ko‘rsatish (Front ofis) bo‘limi boshlig‘i A. Ahmedov Zakovat ko‘chasi 4-A uy (Literaturniy) binosi hamda Xalqaro jurnalistika fakultetida joylashgan “Registrator ofis” faoliyati bilan tanishdi.

 

 

Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarga xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, akademik jarayonlarni samarali tashkil etish hamda mavjud infratuzilma va innovatsion ishlanmalarning holatini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

 

 

Bugungi kunda “Registrator ofis” orqali talabalar uchun 100 dan ortiq turdagi ma’muriy va akademik xizmatlar yagona markazda taqdim etilmoqda. Bu esa universitetdagi ta’lim jarayonining shaffofligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

 

 

Shuningdek, ushbu ofis talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivgacha saqlash, bitiruvchilarning diplomlarini rasmiylashtirish va topshirish, talabalar kontingenti bo‘yicha statistik ma’lumotlarni yuritish kabi muhim vazifalarni amalga oshiradi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube