2025-yil 26–28-avgust kunlari joriy o‘quv yilida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining turli fakultetlarida tahsil olish istagini bildirgan xorijiy fuqarolar bilan onlayn suhbatlar o‘tkazilmoqda.

26-avgust kuni bo‘lib o‘tgan suhbatda Xitoy, Misr, Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan 50 ga yaqin abituriyent ishtirok etdi. Onlayn muloqot davomida nomzodlarning o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi bilim darajasi, ta’lim olishga layoqati hamda kelgusidagi rejalari o‘rganildi.

 

    

Suhbat jarayonida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etib, xorijlik abituriyentlarga muvaffaqiyat tiladi.

Suhbat jarayonlari O‘zDJTU rektorining buyrug‘i asosida tuzilgan Maxsus komissiya tomonidan ochiq, shaffof va adolat mezonlari asosida baholandi. Komissiya raisi va a’zolari abituriyentlarning savollarga bergan javoblari orqali ularning bilim va ko‘nikmalarini aniqlab, universitetda o‘qishga tavsiya etish bo‘yicha xulosalar bildirdilar.

Onlayn suhbatlar 27–28-avgust kunlari ham davom ettiriladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube