Pedagog kadrlar o‘z malakasini yanada mustahkamladi
30-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishi (ingliz va rus tillari) bo‘yicha tahsil olgan tinglovchilarning bitiruv loyiha ishlarini himoya qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yakuniy test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilar attestatsiya komissiyasi oldida o‘z ilmiy-amaliy loyihalarini taqdim etdilar. Himoya jarayonida taqdim etilgan ishlarda:
• zamonaviy ta’lim metodlari,
• innovatsion texnologiyalar,
• xorijiy tillarni o‘qitishdagi ilg‘or yondashuvlar o‘z ifodasini topdi.
Tadbirda attestatsiya komissiyasi raisi, universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, bitiruvchilarni tabrikladi hamda ularning o‘quv jarayonidagi ishtiyoqi va professional o‘sishiga yuqori baho berdi.
Ushbu yakuniy bosqich tinglovchilarning kasbiy mahoratini yanada mustahkamlab, ularni amaliy faoliyatga tayyorlab beruvchi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.