Pokistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi O‘zDJTUga tashrif buyurdi

11-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov va rahbariyat mutasaddilari hamda Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmed Farooq boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv tashkil etildi. 

 

 

Dastur davomida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, talabalar almashinuvi va ilmiy sohalardagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda pokistonlik mehmonlar safida elchixonaning ikkinchi kotibi Tuba Asif xonim va elchixona xodimi Bekzod Nig‘monov ham ishtirok etdi.

Suhbat chog‘ida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi:
- Pokistonning Karachiy va Laxor kabi yetakchi universitetlari bilan akademik aloqalarni o‘rnatish;
- Talabalar uchun qisqa muddatli almashinuv dasturlarini tashkil etish;
- Pokistonlik abituriyentlar va talabalarni O‘zDJTUda bakalavriat hamda magistratura bosqichlarida o‘qishga jalb etish;
- Pokiston fuqarolari uchun O‘zDJTU Til o‘qitish markazida o‘zbek va rus tili kurslarini tashkil qilish;
- Ilmiy tadqiqotlar sohasida qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirish;
- Pokistonlik talabalarni O‘zbekiston tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida qishki va yozgi maktablar tashkil etish.

 

 

Yakunda tomonlar uchun manfaatli boʻlgan kelishuvlarga erishildi. Bu kabi hamkorliklar nafaqat ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlaydi, balki talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube