Prezidentdan tashakkurnoma olgan talabalarga ehtirom

2025-yil Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab tashkil etilgan tantanali tadbirda turli millatlarning urf-odatlari, an’analari va san’atidan namunalar namoyish etildi. 

 

 

Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirok etdi.

Faxr bilan ta’kidlash kerakki, ushbu bayramda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabalari:
Temirova Shaxlo
Orlova Emma
Satkulova Ulday
Jo‘rayeva Shahzoda Xitoy milliy raqsini ijro etib, o‘z san’atlari orqali tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lishdi. Eng e’tiborlisi, ushbu chiqishlari uchun ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti imzosi bilan berilgan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Bugun, 7-aprel kuni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ushbu iste’dodli talabalarga alohida tabrik yo‘llab, ularning bu muvaffaqiyatini yuksak qadrladi. 

Uchrashuvda rektor talabalarga astoydil o‘qish, o‘z ustida tinmay ishlash va kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lish yo‘lida harakat qilishni tavsiya etdi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube