Sharq filologiyasi fakultetining yillik hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi
30-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Sharq filologiyasi fakulteti tomonidan 2024–2025 o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan yillik hisobot taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimotda quyidagi yo‘nalishlar kesimida fakultet faoliyati tahlil qilindi:
- o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar;
- ilmiy tadqiqotlar va chop etilgan maqolalar;
- xalqaro hamkorlik doirasidagi tashriflar, loyihalar va almashinuv dasturlari;
- ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar;
- o‘tgan o‘quv yilidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar;
- 2025–2026 o‘quv yiliga mo‘ljallangan strategik yo‘nalishlar va rivojlanish rejasi.
Mazkur hisobot universitet prorektorlari — yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha V.A. Sadiyev, o‘quv ishlari bo‘yicha M.Ch. Chutpulatov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha O.Ya. Yusupov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha A.A. Nasirov va moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha M.S. Xamrayev ishtirokida tinglandi.
Taqdimot davomida fakultetning yillik faoliyati har tomonlama tahlil qilinib, universitet taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi alohida qayd etildi. Shuningdek, universitet rahbariyati tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida kelgusi o‘quv yilida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Fakultetlar kesimidagi bunday taqdimotlar universitet ichki faoliyatining shaffofligini ta’minlash, muammolarni aniqlash va sifatli ta’lim hamda ilmiy rivojlanish sari qo‘yilayotgan amaliy qadamlardir.