“Siyosiy ma’rifat soati” – 33-son
2025-yil 19-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida an’anaviy “Siyosiy ma’rifat soati”ning 33-soni asosida mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur siyosiy-ma’rifiy mashg‘ulot universitetning barcha fakultetlarida professor-o‘qituvchilar uchun tashkil etilib, unda ishtirokchilar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlar, dolzarb ijtimoiy jarayonlar, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda ma’naviy yangilanishlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
“Siyosiy ma’rifat soati” Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan har haftaning juma kuni muntazam taqdim etib kelinadi.