Webster universiteti vakillari bilan hamkorlik uchrashuvi

20-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ma’naviyat markazida Ilmiy bo‘lim, Registrator ofisi, Ingliz filologiyasi fakulteti hamda Toshkentdagi Webster universiteti vakillari hamkorligida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

 

 

Uchrashuv davomida mehmonlar talabalar uchun “TESOL” dasturi, shuningdek, Webster universiteti magistratura bosqichida tahsil olish imkoniyatlari, hujjat topshirish tartibi va o‘quv jarayoni haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Uchrashuv yakunida Ingliz filologiyasi fakulteti dekani Yu. Azzamov tomonidan talabalarga kelajak kasb tanlovi bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube