Xalqaro hamkorlik yo‘lida yana bir muhim qadam: O‘zDJTU delegatsiyasi Insubriya universitetida

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti delegatsiyasi Italiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri – Insubriya universitetiga tashrif buyurdi.

Universitet rahbariyati delegatsiyani iliq kutib olib, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish yuzasidan muhim uchrashuv tashkil etdi. Uchrashuv davomida har ikki tomon o‘z ta’lim muassasalari faoliyati, ustuvor yo‘nalishlari va xalqaro aloqalari bo‘yicha taqdimotlar namoyish etdi.

 

 

Uchrashuv yakunida quyidagi kelishuvlarga erishildi:
-Insubriya universiteti arab tili va ekologiya yo‘nalishlari bo‘yicha har biri bo‘yicha bittadan O‘zDJTU o‘qituvchisi uchun 1 oylik seminar tashkil etish uchun grant ajratishni taklif qildi;
-Erasmus+ loyihalari doirasida hamkorlikda ishtirok etish, qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish;
-Talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va akademik mobilitetni rivojlantirish;
-Insubriya universitetining magistratura bosqichi talabalari uchun O‘zDJTUda malakaviy amaliyot tashkil etish bo‘yicha rejalar ishlab chiqildi.

Ma’lumot o‘rnida: ayni vaqtda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida italyan tili yo‘nalishida tahsil olayotgan 10 nafar talaba Insubriya universitetida 1 semestr davomida grant asosida o‘qishni davom ettirmoqda.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube