Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasining 2023-yil kuzgi mavsumini samarali tashkil etish maqsadida daraxt koʻchatlarini ekish ishlari davom ettirilmoqda. 

9-noyabr kuni universitetning Zakovat koʻchasi 4-uy manzilidagi hududiga 237 tup manzarali va butasimon daraxtlar ekildi.

 Ushbu jarayonda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, universitet rahbariyati hamda universitet bogʻbon va obodonlashtirish xodimlari ishtirok etdi. 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube