Abiturientga eslatma

O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abiturientlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil qilindi.

Fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali “Call-center” bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

Call-center telefon raqamlari:

+(99895) 197 41 44

+(99895) 198 41 44

+(99895) 199 41 44

+(99895) 194 15 05

+(99871) 230 13 42

“Call-center”ning ish rejimi:

Dushanbadan Shanbagacha – soat 9:00 dan 17:00 gacha;

Shuningdek, qabul jarayoniga oid e'lonlar, ma’lumotlar, yangiliklar va natijalar O’zbekiston davlat jahon tillari universitet rasmiy telegram kanali (https://t.me/UzSWLU) orqali ham berib boriladi.

Abituriyentlar telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma'lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta'lim muassasasi bo‘yicha ma'lumotlarni kiritishlari, shuningdek, imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma'lumotlarini kiritishlari mumkin.

Ta'lim yo‘nalishlarini esa 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul parametrlarining ta'lim tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.

Ro‘yxatga olish 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 20 iyulga qadar o‘z ma'lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma'lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatga olish esa 10 iyulga qadar (10 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi