Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishda umum o‘rta ta'lim maktablari hamda Oliy ta'lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik hisoboti Inson avvalo oila bag‘rida unib-o‘sadi, shaxs sifatida shakllanadi. Oiladagi ta'lim-tarbiya, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar keyinchalik odamlar orasida — mahalla-ko‘yda, ta'lim muassasalarida sayqal topadi. Shunday ekan, vatanimiz va xalqimizning ertangi kunini, jahon hamjamiyatidagi obro‘-e'tiborini belgilovchi barkamol avlodni voyaga yetkazishdek ulug‘ vazifani oila-mahalla-ta'lim muassasasi hamkorligisiz hal etib bo‘lmaydi desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Hozir mamlakatimizdagi o‘n mingga yaqin fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida «Oila-mahalla-ta'lim muassasasi» jamoatchilik kengashlari tashkil etilib, ular ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas'uliyatini kuchaytirish, o‘quvchilarning darslarga qatnashishini o‘rganish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Bundan tashqari, 11-sinfni tamomlayotgan maktab o‘quvchilari ta'limning keyingi bosqichiga to‘liq qamrab olinmoqda. Qisqasi, 2024 yilda davom etayotgan «Oila-mahalla-ta'lim muassasasi» hamkorligi kontseptsiyasi bugun navqiron avlodni turli xil huquqbuzarliklar, ekstremizm, giyohvandlik, «ommaviy madaniyat» kabi illatlardan asrab-avaylashning, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishning, yoshlarni kasbga yo‘naltirishning muhim omili bo‘lmoqda. E'tibor bergan bo‘lsangiz, yuqoridagi kontseptsiyada dastlab oila tilga olinmoqda. Darhaqiqat, yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashda oilaning o‘rni beqiyos. Buyuk allomalarimiz farzand tarbiyasida oilaning o‘rni va ahamiyati haqida ko‘plab asarlar yaratganlar. Ularda oiladagi eng og‘ir vazifa farzand tarbiyasi ekani, xalqning harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi, zaif bo‘lib xorlikka tushishi, faqirlik jomasini kiyib, baxtsizlik yukini tortib e'tibordan qolishi, o‘zgalarga tobe, qul va asir bo‘lishi bolalikdan o‘z ota-onalaridan olgan tarbiyalariga bog‘liqligi alohida ta'kidlanadi. Bir so‘z bilan aytganda, farzand oilada jismonan, fikran va axloqan tarbiyalanishi, kuchli badan, sog‘lom fikr va yaxshi axloq bilan qurollantirilishi lozim. Xulosa shuki, biz ham ajdodlarimiz qadriyatlariga tayangan holda oila muqaddasligini, butunligini saqlashimiz, farzandlarimizni vatanparvar, insonparvar, yuksak e'tiqodli, odob-axloqli va albatta barkamol etib tarbiyalashga intilishimiz zarur. Keyingi paytlarda «ommaviy madaniyat» niqobi ostida butun dunyoga keng tarqalayotgan ma'naviy va axloqiy buzuqlik yoshlarimizning dunyoqarashiga ham jiddiy xavf solmoqda. Axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm kabi yot va buzg‘unchi g‘oyalarni Internet orqali yoshlar ongiga singdirishga urinish kuchayib bormoqda. Yigit-qizlarimizni ularning ta'siridan asrashimiz kerak. Shu bois mahallalarda bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni atroflicha tahlil qila oladigan mutaxassislarni jalb etgan holda yoshlar uchun o‘quv soatlari tashkil etishimiz kerak. Toki, bunday tadbirlar milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan g‘oya va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib bersin. Bu esa fuqarolarimizning qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, hozir muntazam ravishda mahalladagi ma'naviy muhit monitoringini yanada takomillashtirishga ehtiyoj sezilmoqda. Shu yo‘l bilan notinch oilalardagi muhitni yaxshilash, farzandlar tarbiyasida ko‘zga tashlanayotgan noxush holatlarning oldini olish mumkin. Shu munosabat bilan BRMning quyidagi punktlarini bajarish buyicha O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti bilan umumta'lim maktabi bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. 4.1-vazifa. 2030 yilgacha boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta'limni, umumiy qamrovni saqlab qolgan holda, o‘qitishning dolzarb va samarali natijalariga erishishni ta'minlaydigan yangi sifat bosqichiga ko‘tarish.4.7-vazifa. 2030 yilgacha barcha o‘quvchilar va talabalarning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni egallashlarini ta'minlash 8.6-vazifa. 2020 yilgacha ishlamayotgan, o‘qimayotgan va kasbiy malakalarni egallamayotgan yoshlarning ulushini jiddiy ravishda qisqartirish. Maktab-mahallar va oliy ta'lim integratsiyasi doirasida ingliz tili nazariy aspektlari 2 kafedrasi Shirin MFY hamda ushbu hududda joylashgan 107-umumta'lim maktabiga xamkorlik shartnomasini qayta tuzish maqsadida tashrif buyurildi. Ko‘pincha yigit-qizlarimizning muammolariga, orzu-istaklariga e'tibor bermaymiz. To‘g‘rirog‘i, ularga faqat talab qo‘yamizu, qiziqishlari bilan hisoblashmaymiz. Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, har qaysi ota-ona, murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Farzand tarbiyasiga ana shu oddiy talabdan kelib chiqib yondashsak, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Mahallalarda, ta'lim muassasalarida ibratli xonadon vakillari, urush va mehnat faxriylari, yozuvchi va shoirlar ishtirokidagi uchrashuv va davra suhbatlarini muntazam ravishda o‘tkazib turish zarur. Ushbu tadbirlar qanchalik ko‘paysa, ko‘zlagan maqsadlarga tezroq yetishimiz mumkin. Yaqinda «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Unda mazkur organlarga mahallani xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish borasidagi zarur vakolat va imtiyozlar berildi. Demak, shundan kelib chiqib, avvalo yoshlarda tadbirkorlikka oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish lozim. Buning uchun mutaxassislarni jalb etgan holda seminar va treninglar tashkil etilsa, yigit-qizlarimiz o‘rtasida bu sohaga bo‘lgan qiziqish ortardi. Qonunlar illatlarga barham berib, yaxshilikka yo‘l ochadi. Shuning uchun farzandlarimizga qonunlarga hurmat ruhini singdirishimiz kerak. Bu yerda gap ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish haqida ketmoqda. Bunda adliya organlari va muassasalari xodimlarining imkoniyatidan unumli foydalanish zarur. Pirovard maqsadimiz komil insonni tarbiyalash ekan, oila-mahalla-ta'lim muassasasi hamkorligini yanada rivojlantirish nafaqat ushbu institutlar, balki jamoatchilik vakillari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faolligiga ham bog‘liqligini aslo unutmasligimiz kerak.
Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi