Ijtimoiy fanlar kafedrasi faoliyatini

Kafedra haqida

Ijtimoiy fanlar kafedrasi faoliyatini

Kafedra mudiri: N.Q.Jo‘rayev 

Kafedra tarixi: Kafedra 1999 yil 24 aprelda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti tarkibida “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi sifatida tashkil etilgan. 2013 yil avgust oyida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ilmiy kengashi qarori bilan “Ijtimoiy fanlar” kafedrasiga aylantirildi. 

Kafedrada uning faoliyatiga tegishli Respublika Oliy va va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining buyruqlari, ko‘rsatma va yo‘riqnomalar, Universitet kengashi qarorlari, rektorat buyruq va ko‘rsatmalari asosida ish olib boradi. Kafedra professor-o‘qituvchilari umumiy shtat birligi bugungi kunda 25,5 ni tashkil etadi. Kafedrada jami professor-o‘qituvchilar soni 24 nafarni tashkil etib, shulardan 4 nafari fan doktori, professor; 11 nafari fan nomzodi va PhD (7 nafari dotsent). Umumiy ilmiy-pedagogik salohiyati 88,5 foizni tashkil etadi.

Kafedrada o‘quv jarayoniga innovatsion ta'lim texnologiyalarini joriy etish maqsadida har bir fan kesimida ishlab chiqilgan “Harakat dasturi” asosida barcha fanlardan o‘quv-uslubiy majmualar to‘liq yaratilgan. Har bir professor-o‘qituvchining o‘quv uslubiy majmualari nashriyotdan chop etilib o‘quv jarayonlarida qo‘llab kelinmoqda. Davlat ta'lim standartlari asosida namunaviy fan dasturlariga tayangan holda fanlar bo‘yicha ishchi dastur hamda kelendar-tematik rejalari ishlab chiqilgan.

2022-2023 o‘quv yilidan boshlab kafedra negizida “60310700-Siyosatshunoslik” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochilgan. Bugungi kunda mazkur ta'lim yo‘nalishi talabalari uchun “Mataxassislikka kirish”, “Siyosiy ta'limotlar tarixi”, “Siyosiy tizim”, “Davlat boshqaruvi asoslari”, “Siyosiy madaniyat” kabi fanlarning dasturlari va o‘quv-uslubiy majmualari ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi “Oliy ta'lim mussasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 333-sonli Nizomi asosida talabalar bilimini baholash mezonlari yuzasidan uslubiy ko‘rsatma va reyting nazorati jadvallarining ishlab chiqilgan. Shuningdek, talabalar bilimining xolisona baholash tartibi, mezonlari va talabalarning o‘zlashtirishlari muntazam ravishda kafedra yig‘ilishlarida muhokama qilib boriladi.

Kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha o‘quv materiallari MOODLE tizimiga kiritilgan. Ular tarkibiga – ma'ruza matnlari, taqdimot, video-dars, seminar ishlanmalari, tarqatma materiallar, glossariy, nazorat savol va topshiriqlari qamrab olingan. Bundan tashqari, HEMIS kredit-modul axborot tizimiga kafedra professor-o‘qituvchilari haqidagi ma'lumotlar ham kiritilgan.

O‘zDJTU “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi qoshida 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar; 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktorantura ham faoliyat olib boradi. Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari samarali yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, kafedraning 2019 yilda 2 nafar, 2020 yilda ham 3 nafar, 2021 yilda 3 nafar tadqiqotchisi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi. Hozirgi kunda ham kafedraga biriktirilgan 6 nafar tayanch doktorant va 11 nafar mustaqil izlanuvchilar ilmiy ishlar olib bormoqda.

Kafedra professor о‘qituvchilari tomonidan sо‘nggi yillarda bir qancha о‘quv adabiyotlari nashr etilgan. Masalan, N.Jо‘rayev muallifligida 7 ta tilda “О‘zbekiston tarixi” darsligi (О‘zbekistonning eng yangi tarixi markazi ilmiy metodik kengashi tomonidan tavsiya etilgan, 2018 y.); V.Qо‘chqorov muallifligida 7 ta tilda “Ma’naviyat asoslari” darsligi (О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan  tavsiya etilgan, 2018 y.); Z.Zamonov muallifligida 7 ta tilda “Ma’naviyat asoslari” va “Tarbiya” darsliklari (О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan  tavsiya etilgan, 2018 va 2020 yy.); S.Saidov muallifligida “Fuqarolik jamiyati” о‘quv qо‘llanmasi (О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan, 2020 y.); I.Dilmuradov muallifligida “Xalqaro munosabatlar” о‘quv qо‘llanmasi (О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan, 2021 y.), N.Jо‘rayev muallifligida “Tamaddunga ta’vad” (2018 y.); “Vaqt va fazo” (2020 y.); S.Saidov muallifligida “Ijtimoiy kapital – fuqarolik jamiyatining muhim asosi” (2019 y.) monografiyalari nashr etilgan.

Kafedra a’zolari tomonidan shu paytgacha Scopus va WOS tizimiga kiruvchi jurnallarda 11 ta maqola, yuqori impakt-faktorga ega jurnallarda 30 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirilgan. Kafedra о‘qituvchilari va tadqiqotchilari doimiy ravishda xalqaro va respublika miqyosida о‘tkaziladigan konferensiyalarda faol qatnashib keladilar. 2018-2020 yillarda kafedrada PZ-20170928710-son “Harakatlar strategiyasini bajarish davrida mamlakatimizda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari (OAV misolida)” mavzusidagi ilmiy-amaliy grant loyihasi amalga oshirildi. Hozirgi kunda esa “Fuqarolik jamiyatining milliy va xalqaro indikatorlarini yaratish” mavzusida ilmiy-fundamental loyiha ishlab chiqilib О‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi maxsus komissiyasiga taqdim etilgan.

Ijtimoiy fanlar kafedrasida “Ma'naviyat va ma'rifat yo‘nalishidagi ishlar rejasi” shakllantirilgan va uning ijrosi doimiy ravishda monitoring qilib boriladi. Bu borada, talabalarga O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, shuningdek boshqa qonunchilik asoslarining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha doimiy ishlar olib borilmoqda.

O‘quv yilining boshlanishi 2 sentyabrda kafedraning barcha professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalar guruhlarida “Mustaqillik darslari” tashkil etildi. Ularda asosan O‘zbekistonning mustaqillika erishishi jarayonlari, mustaqillik bizga bergan imkoniyat va imtiyozlar, so‘nggi yillarda davlat va jamiyat hayotida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, “Taraqqiyot strategiyasi” doirasida ta'lim tizimidagi yangilanish va o‘zgarishlar haqida talabalarga ma'lumotlar berildi. Shuning bilan birga, Talabalarni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash borasida ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan.

Kafedraning professor o‘qituvchilaridan N.Jo‘rayev, D.Muitov, Z.Zamonovlar Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi ma'naviy targ‘ibot guruhining doimiy a'zolari hisoblanishadi. Ular Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan respublikamizning barcha viloyat, tuman va shaharlarida tashkil etiladigan tadbir, davra suhbatlari va targ‘ibot-tashviqot ishlarida faol qatnashib kelishmoqda.

Shuningdek, kafedra tomonidan o‘quv yili davomida talabalar turar joyida ma'naviy va ma'rifiy tadbirlar o‘tkazish, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular bilan madaniy uchrashuvlar o‘tkazish, huquqiy-targ‘ibot va kasbga yo‘naltirish ishlari doimiy ravishda amalga oshirib kelmoqda.

O`qituvchilari

Ғанишер Маматов Сайфиевич
политолог Ijtimoiy fanlar kafedrasi faoliyatini

Ko`rish »

zamonov zokir turginovich
dotsent Ijtimoiy fanlar kafedrasi faoliyatini

Ko`rish »

Yusupova Saboxat Yusufovna
Pedagog Ijtimoiy fanlar kafedrasi faoliyatini

Ko`rish »

Эшанкулова Дилафрўз Алишеровна
Замонавий шарқ ва ғарб фалсафаси, тарихи ва маданияти (файласуф) Ijtimoiy fanlar kafedrasi faoliyatini

Ko`rish »

Эмирова Елена Энверовна
философ, преподаватель философии Ijtimoiy fanlar kafedrasi faoliyatini

Ko`rish »

Gulbahor Umarova Berdiyevna
Historian and sociologist Ijtimoiy fanlar kafedrasi faoliyatini

Ko`rish »

Дилором Согукпинар Алимовна
файласуф, ижтимоий - сиесий фанлар ўқитувчиси Ijtimoiy fanlar kafedrasi faoliyatini

Ko`rish »

Xusan Saitxodjayev Bekjanovich
pedagog Ijtimoiy fanlar kafedrasi faoliyatini

Ko`rish »

Muitov Davron Sobirovich
Uzbekistan Ijtimoiy fanlar kafedrasi faoliyatini

Ko`rish »

Abidjan Muxamedyarov Abidjan
Ijtimoiy fanlar kafedrasi faoliyatini

Ko`rish »

Umidjon Kushaev Rakhimovich
Преподаватель, доцент Ijtimoiy fanlar kafedrasi faoliyatini

Ko`rish »

Muxammad Isomov Qurontoyevich
pedagok Ijtimoiy fanlar kafedrasi faoliyatini

Ko`rish »

Dilfuza Inomova .
Teacher Ijtimoiy fanlar kafedrasi faoliyatini

Ko`rish »

Ilhom Dilmurodov Sunnatovich
Pedagog Ijtimoiy fanlar kafedrasi faoliyatini

Ko`rish »

Zavqiddin Gadoev Ibodovich
Ijtimoiy fanlar kafedrasi faoliyatini

Ko`rish »

Makhbuba Baratova Mubinzhanovna
Ijtimoiy fanlar kafedrasi faoliyatini

Ko`rish »

Олим Ахмедов Неъматович
ўқитувчи Ijtimoiy fanlar kafedrasi faoliyatini

Ko`rish »

Zulaykha Alimova .
PhD Ijtimoiy fanlar kafedrasi faoliyatini

Ko`rish »