Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Kafedra haqida

Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasi

Kafedra mudiri: Minniqulov Islom Urol o'g'li

Qabul vaqti: Dushanba-Payshanba (14:00-16:00 gacha)

Telefon: +998 99 893 42 91

E-mail: mr.islom19@gmail.com

 Kafedra tarixi:

Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasi O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida uzoq yillar davomida faoliyat yuritib kelayotgan kafedralar qatoridan o’rin olgan. Kafedra 1995 yil I Ingliz Filologiyasi fakulteti tarkibida “Ingliz tili leksikasi” nomi ostida tashkil etildi va universitetda bir necha yillar davomida talabalarga ingliz tilidan bilim berib kelgan hurmatli ustoz Gaziyeva Dilyara Isroilovna kafedra mudiri etib tayinlandi. Kafedra yangi shakllangan paytda 11 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib borar edi. Ular yuqori malakali katta o‘qituvchilar: Xonxojayev B., Raxmonberdiyeva U., Abralova M., Jaffarova D., Muhamedrahimova G., Slobodkina N., Soy S., Kulmatov B., Mirsaidov A., Mullabbabayeva G. va Gaziyeva D.I.

Universitet tuzilmasidagi o’zgarishlar sababli kafedra nomi bir necha bor o’zgardi. Kafedra faoliyati davomida bir qancha rahbarlar boshchiligida o’z faoliyatini olib bordi. Jumladan, 2005-2007 yillar davomida kafedra mudiri lavozimida dotsent A.G. Maksumov faoliyat yuritdi. 2008-yildan boshlab kafedra mudiri lavozimini bajaruvchi sifatida M.A. Qodirova tayinlandi. 2009-yilda kafedra N.K. Sabirova, 2011-yilda A.G. Yuldashev, 2015-yilda N.T. Ibragimovlar tomonidan boshqarildi. 2018-yildan 2023-yil 16-sentabrgacha kafedrani X.N. Avilova boshqargan. 2023-yil 16-sentabrdan shu kungacha kafedra I.U.Minniqulov tomonidan boshqarib kelinmoqda.

Kafedra maqsadi:

Kafedraning asosiy maqsadi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Davlat ta’lim standartlari, malaka talabalari doirasida ustuvor vazifalarini ta’minlash maqsadida zamon talablariga javob beruvchi va jahon andozalariga mos yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat.

Kafedraning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Øoliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofik tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan ma’ruzalar, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy, uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;

Øtalabalarning bitiruv malakaviy ishlari, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;

Øtalabalar bilimini reyting tizimi asosida adolatli baholash;

Øtalabalarning nazariy bilim va ko‘nikmalarini amaliyot bilan bog‘lash uchun shart-sharoit yaratish;

Økafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarini muhokama qilish;

Ødarslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash va nashr etiladigan boshka darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni muhokama qilib borish;

Ønodavlat ta’lim muassasalari buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;

Øiqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni fan olimpiadalariga, turli tanlovlarga tayyorlash, ilmiy izlanishlar olib borishi va mustaqil ta’lim olishining shakl va uslublarini takomillashtirish;

Økafedra professor-o‘qituvchilariga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun shart-sharoit yaratish;

Øtugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va keyingi bosqichlarga tavsiya etish;

Øta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini ta’minlash;

Økafedra professor-o‘qituvchilarining o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlar bo‘yicha shaxsiy rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

Øtajribali professor-o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va ularni dars jarayoniga tatbiq etish.

 

 Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

1. Ingliz tili:

Bakalavriat yo‘nalishi: (kunduzgi)

60111800– Xorijiy til va adabiyoti ( ingliz tili va adabiyoti)

 

Nutq ko’nikmalari integratsiyasi (listening and speaking)

Til aspektlari amaliyoti  ( grammar and vocabulary)

O’qish va yozish amaliyoti  ( reading and writing)

Kafedraning hamkor tashkilotlari:

  1. 14 - sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
  2. 178- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 

Kafedraning xalqaro hamkorligi:

  1. Ruminiya “Alba Iuliya” universiteti
  2. Shvetsiyaning “Lund” universiteti 

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi:

Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasida rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda olib borilmoqda:

1. Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

2. Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik

 

Ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi:

Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasida rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda olib borilmoqda:

1. Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

2. Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik

Ilmiy-tadqiqot ishlariga kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari va mustaqil tadqiqotchilar jalb etilgan. Hozirgi kunda har bir kafedra a’zosi o‘ziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Ilmiy tadqiqot ishlari va erishilgan natijalar har oyda kafedra yig‘ilishlarida muhokama etilmoqda.

Kafedra a’zolari respublika ilmiy jurnallari va ilmiy-amaliy konferensiya to‘plamlarida maqola va tezislar chiqarmoqdalar.

 Kafedra yutuqlari:

Kafedra tomonidan har yili professor-o‘qituvchilar rahbarligida talabalar ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi. Anjuman materiallari kafedraning “Light of knowledge” to‘plamida nashr ettirib kelinadi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan tezis, ilmiy maqola, risola, darslik va o‘quv qo‘llanmalar chop etib kelinadi.

Hozirgi kunda kafedra Ruminiyaning Alba Yuliya “1 Decembriye 1918 University of Alba Iulia” universiteti bilan bilan ham hamkorlik qiladi. Mazkur universitet bilan 2016-2021 va 2022-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik shartnomasi imzolangan. Xamkorlik doirasida mazkur universitet professori Valentin Todesku, universitet Rektori professor Valer Daniel Breaz universitetimizga tashrif buyurib yevropa tajribasini qo‘llagan xolda talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida ma’ruza va treninglar tashkil etdi hamda hamkorlik doirasida kelajakda qilinadigan ishlar bo’yicha universitetlararo hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Kafedra o‘qituvchilari bir qancha xorijiy davlatlarda o‘z malakalarini oshirib kelmoqda; jumladan kafedra katta o‘qituvchilari Xodjayeva Nafisa va o‘qituvchilar Abduqodirova Maqsuda, Akbarova Shahnozalar Hindiston elchixonasi tomonidan e’lon qilingan “Indian Technical Economical Cooperation” programmasida malaka oshirib kelishdi. Shuningdek, 2013 yilning noyabr va dekabr oylarida kafedra o‘qituvchilaridan Sh.Turg‘unova, Sh.Yuldasheva va M.Rahmonovalar Buyuk Britaniyaning Norvich shahridagi NILE institutida, X.Avilova esa London Metropoliten universitetida 3 haftalik maxsus malaka oshirish kurslarida kasbiy malakalarini oshirib qaytdilar. 2017 yilda kafedra o’qituvchisi G’. Jo’rayev Buyuk Britaniyaning Nile institutida, 2018-2019 yillarda kafedra o’qituvchilari D. Rsxulova va A. O’rishevlar Buyuk Britaniyaning Aston universitetida, 2023 yil Zaripov Feruz Buyuk Britaniyaning Reading universitetida MA TESOL bo’yicha bilim va tajribalarini orttirib keldilar. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 8-oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5847-sonli Farmoni ijrosi doirasida 2022-yil 19-sentyabrda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Buyuk Britaniya fuqarosi Goodall Nigel Richard Keith o’rtasida imzolangan 20/22-sonli mehnat shartnomasiga asosan Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasiga chet ellik mutaxassis jalb etildi. Universitet rektori U.Azizovning 2022-yil 11-apreldagi “Xorijiy OTMlarda malaka oshirish uchun yuborish to’g’risida”gi 21/3C-sonli buyrug’i asosida “Teachers Continious Professional Development” dasturi doirasida kafedra o’qituvchisi Suvanova H. Buyuk Britaniyaning Portsmut universitetida 2022-yil 30-maydan 25-iyungacha 4 haftalik English Language Teaching/Tesol Methodology malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tugatdi va tegishli sertifikatni qo’lga kiritdi. Tashrif doirasida O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Portsmut universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

O`qituvchilari

Khalida Avilova Nabijanovna
Head of the Department of English Applied Subjects 1 Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Gulnazxon Alimova Yuldashaliyevna
teacher Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Jakhongir Avezmetov Sheralievich
Teacher of English Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Xusan Bobojonov Muhammadaliyevich
Teacher Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Ganisher Juraev Alisherovich
Teacher of English Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Nafisa Inogamova Abdugapparovna
Teacher of English Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Zarina Islamova Nurmat qizi
Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Muyyassar Qodirova Artekovna
Teacher Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Zulfiya Kasimova Khamidullayevna
Tashkent city, Cilanzar, Guzal 30-36 Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Dilshod Muhitdinov Tohirovich
teacher Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Xulkaroy Mamataliyeva Murodjonovna
Oʻqituvchi Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Abdumajid Urishev Ikromovich
ESL/EFL Instructor Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Hulkara Suvanova Davronovna
EFL teacher Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Munojat Toshboeva Erkinovna
ESL teacher Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Sayyora Zuparova Sunatilla qizi
English Teacher Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Saida Nishonbekova Urinboy қizi
English Teacher Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Zebiniso Murodullayeva Odil qizi
teacher Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Sojida Samandarova Furqat qizi
EFL Teacher at the Department of English Applied Subjects 1 Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Rano Ikramova Botiraliyevna
Teacher Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Gulhayo Ilxamjanovna Mamanazarova
Teacher Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Janar Kuchkarova Abdimurod qizi
Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Mushtariybonu Tojiboyeva Tojiboy qizi
Teacher Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Dilafruz Rskhulova Abdusobir qizi
English Teacher Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Dilnoza Shamuratova Jamalovna
UzSWLU Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Gulchinoy Shukurova Gulomovna
TEFL Teacher Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Yulduz Xoʻjamova Abdurazzoq qizi
English teacher Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Nargiza Bakhridinova Sobirovna
Teacher Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »

Fotima Kosimova Turgunovna
Teacher Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi

Ko`rish »