Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Kafedra haqida

Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Kafedra mudiri: Abduvahabova Mahina Azatovna

Qabul vaqti: dushanba-shanba (14:00- 16:00)

Tel raqami: +998950023251

E-mail: makhina.abduvahabova@gmail.com

Kafedra tarixi: O‘zDJTUning ingliz tili nazariy aspektlari  kafedrasi o‘z faoliyatini 2017-yildan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili 3 fakulteti  “Ingliz tili nazariy aspektlari” kafedrasi sifatida boshlagan. 2017-yilda f.f.n,dotsent M.S.Saidova mudirligidagi “Ingliz tili nazariy aspektlari” kafedrasi tashkil etilgan. 2017-2020 yillar mobaynida f.f.n.dots. M.Saidova kafedra mudiri vazifasini bajarib kelgan. 2020-2023 yillar davomida kafedra mudiri sifatida M.Itolmasov faoiyat yuritgan. 2023 yil sentabrda ingliz tili nazariy aspektlari 2 kafedrasiga mudir sifatida Abduvahabova Mahina tayinlangan.

Asosiy shtatda(27 nafar professor o’qituvchi faoliyat olib boradi, shundan 3 nafari ilmiy daraja va unvonga ega), ichki oʻrindoshlik(3 nafar),  katta oʻqituvchi (9 nafar), oʻqituvchi (8 nafar), stajyor ʻqituvchi (8 nafar)

Kafedraning asosiy maqsadi: Taʼlim to‘g‘ʼrisidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda “O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ning ustuvor vazifalarini taʼminlash doirasida zamon talablariga javob beruvchi va jahon andozalariga mos yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat.

Kafedraning asosiy vazifalari:

-Kafedraning nazariy ta’lim yo’nalishlarini (ma’ruza, seminar mashg’ulotlari va amaliy modullarni) innovatsion metodikalar asosida olib borish;

-oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan maʼruzalar, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy, uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;

-talabalarning bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertasiyalariga mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;

-talabalar bilimini reyting tizimi asosida adolatli baholash;

-talabalarning nazariy bilim va ko‘nikmalarini amaliyot bilan bog‘lash uchun shart-sharoit yaratish;

-kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarini muhokama qilish;

-darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash va nashr etiladigan boshka darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni muhokama qilib borish;

-nodavlat taʼlim muassasalari buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;

-iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni fan olimpiadalariga, turli tanlovlarga tayyorlash, ilmiy izlanishlar olib borishi va mustaqil taʼlim olishining shakl va uslublarini takomillashtirish;

-kafedra professor-o‘qituvchilariga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun shart-sharoit yaratish;

-tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va keyingi bosqichlarga tavsiya etish;

-taʼlim, fan va ishlab chiqarishning integrasiyalashuvini taʼminlash;

-kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy va tashkiliy ishlar bo‘yicha shaxsiy rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

-tajribali professor-o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va ularni dars jarayoniga tatbiq etish.

Kafedraning ilmiy yoʻnalishi:

Ingliz tili nazariy aspektlari 2 kafedrasida rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda olib borilmoqda:

-Zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning nazariy masalalari.

-Zamonaviy lingvistik fan sohalarini innovatsion usullarda o’qitish.

-Xorijiy tillarni integrallsashgan holda o‘qitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish masalalari.

-Talabalarning akadem-ilmiy hamda tanqidiy tahlil ko’nikmalarini oshirish mezonlari.

Kafedrada oʻqitiladigan ta’lim yoʻnalishlari:

Bakalavriat yo‘nalishi: 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti ( ingliz tili va adabiyoti) yo’nalishidagi mutahassislik sohalari

Kafedrada oʻqitiladigan fanlar: Chet tillarini o’qitish metodikasi, Akadem chet tili, Xorijiy tillarni o’qitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish, O’qish va yozishda tanqidiy fikrlash ko’nikmasini shakllantirish, Korpus lingvistikasi, Kognitiv semantika, Leksikologiya, Adabiyot va ijod, Psixolingvistika kabilar.

Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari:

Kafedrada faoliyat olib borayotgan 7 nafar professor-o’qituvchi o’z ilmiy tadqiqot ishlarini yakuniga yetkazib muhokama bosqichlariga tayyorgarlik ko’rmoqda (Muhammedova Xulkar, Abduvahabova Mahina, Bazarbayeva Albina Dsc; Mannonova Saodat, Fayziyeva Nodira, Saidnazarova Saodat hamda Xayrullayeva Diloromlar PhD dissertatsiyalari). Kafedraning 27 asosiy shatatdagi o’qituvchilarining qolgan barchasi mustaqil tadqiqotchilar ilmiy maktabining 1-2-3 bosqich talabalari hisoblanadi.

Kafedrada ilmiy faoliyatni oshirishda ilmiy tadqiqot ishlarini oshirishga ixtisoslashtirilgan ilmiy to’garak faoliyati yo’lga qo’yilgan. 2023 yil doirasida talabalar e’tiboriga havola etiladigan mavzular quyidagilar: “Ilmiy tadqiqot ishlarining rasmiylashtirish talablari”, “Respublika va nomdor stipendiyalar: talablar va imkoniyatlar”.

Kafedra yutuqlari:

(har bir kafedra oʻqituvchilari kesimida; ism-familiya,ilmiy ish himoyasi, PhD, boshqa nufuzli joylardagi faoliyati)

2020-2023 o‘quv yilida uch nafar may va iyulь oylarida o‘quv yilida ikki nafar o‘qituvchi Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti hamda Norvich Nile malaka oshirish markazida mutaxassislik bo‘yicha malaka oshirdi.

Yo‘nalish bo‘yicha kafedrada ilmiy salohiyat 11 % ni tashkil etadi, jami 27 nafar asosiy shtatdagi va 3 nafar o‘rindoshlik asosida ishlovchi o‘qituvchilarning barchasi xalqaro va milliy (С1) sertifikatiga ega (100%).

O‘quv jarayoni malaka talablari va o‘quv dasturlari asosida O‘zbekiston va xorijda chop etilgan darslik va o‘quv metodik majmualar asosida olib boriladi.Shu kunga qadar kafedra professor-o‘qituvchilar tomondan 4 ta grif olgan o‘quv qo‘llanma hamda 20 ga yaqin uslubiy qo‘llanmalar nashr qilingan.

Kafedra tomonidan har yili Zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning dolzarb masalalari mavzusida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi. Anjuman materiallari “Zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning dolzarb masalalari”, “Xorijiy tillarni o‘qitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish masalalari“ to‘plamlari nashr ettiriladi. Shuningdek,  professor-o‘qituvchilar tomonidan tezis, ilmiy maqola, risola, darslik va o‘quv qo‘llanmalar chop etib kelinadi.

Ingliz tili nazariy aspektlari 2 kafedrasida turli mahalliy va xalqaro ta'lim muassasalar bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan. Hindistonning Achariya xalqaro universiteti, IIV akademiyasi, hamda Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 227-sonli umumta'lim maktabi bilan turli yo‘nalishlarda hamkorlik memorandumlari imzolangan.

O‘tgan yillar mobaynida Rossiya Federasiyasining Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti bilan hamkorlikda Qo‘shma hamkorlik shartnomasi imzolangan edi, endigi navbatda ushbu memorandumni yangilash rejalashtirilgan.

O`qituvchilari

Mehriddin Itolmasov Shoyimovich
Head of the department Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

Hulkar Muhammedova Eliboyevna
Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

Guzal Aminova Rakhat
senior teacher Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

Feruzahon Murthodjayeva Hotamovna
senior teacher Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

Maxzuna Polvanova Farxadovna
Senior teacher Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

Ra'no Turg'unova Pardaboyevna
Senior Teacher Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

Oygul Nishonova G'afurjanovna
teacher Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

Madinabonu Muhammadiyeva Eshmaxmat qizi
Teacher Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

Saidnazarova Saodat Kurbanbaevna
Teacher Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

Gulmira Umarova Abduganievna
Teacher Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

AL'BINA MINGALIEVNA BAZARBAEVA
PhD, Associate professor in UzSWLU Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

Gulchekhra Tursunova Norboboyevna
Senior Teacher Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

Khilola Nabieva Abdulmuratovna
English teacher Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

khilola Otakhanova Akhmadjon qizi
Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

Mohina Abduvahabova Azatovna
PhD, Dotsent Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

Nodira Fayziyeva Shuxratillayevna
English teacher Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

Madina Shakirova Bakhriddinovna
Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

Dilafruz Azimbayeva Abdujabborovna
Teacher Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

Feruza Makhmanazarova Ismailovna
Teacher Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

Raxmonov G‘ulomjon Nematovich
Senior teacher Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

DILOROM MURATOVA MAKHMUDOVNA
Senior teacher Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

Ashurali Jumayev Eshkeldi o'g'li
teacher Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

Dilororm Khayrullayeva Sayfutdinovna
Senior teacher Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

Saodat Mannonova Artikovna
teacher Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

Nargiza Muratova Bakhramovna
teacher Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

Maxmudjon Xasanov Abduraxmonovich
teacher Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »

Toir Ikromov To‘laganovich
Teacher,PhD Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ko`rish »