O'zbekiston tarixi kafedrasi

Kafedra haqida

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

Oʻzbekiston tarixi kafedrasi haqida

M A ʼ L U M O T

 

              “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi oʻz faoliyatini Respublikamiz Prezidentining taʼlim toʻgʻrisidagi Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy taʼlim, fan va innovasiyalar  vazirligi hamda universitet Kengashi meʼyoriy hujjatlariga asoslanib hamda “Taʼlim toʻgʻrisidagi Qonun”da koʻrsatilgan vazifalarga, taʼlimning sifat darajasiga alohida eʼtibor bergan holda olib bormoqda.

          “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi dastlab oʻz faoliyatini sobiq Toshkent davlat chet tillar pedagogika institutida 1948-yildan boshlagan. Kafedrani 1978-1999-yillarda tarix fanlari doktori, professor Jasuzaq Qalimbetov boshqargan.

           “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasiga 1999-yil sentyabr oyidan to 2012-yil may oyiga qadar tarix fanlari doktori, professor Bobojonova Dilorom Bobojonovna rahbarlik qilib keldi. Kafedraga 2012-yil may oyidan 2013-yil avgustigacha tarix fanlari nomzodi Bahodir Nigʻmatullayevich Isoqov rahbarlik qilgan boʻlsa, 2013-2014 oʻquv yilidan hozirga qadar tarix fanlari nomzodi, dotsent Nilufar       Dalibayevna Djurayeva  boshqarib kelmoqda.

        “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi universitetda salohiyatli oʻrin tutadi. Kafedraning ilmiy-tadqiqot yoʻnalishi qilib “Oʻzbekistonda ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar, manbashunoslik, tarixshunoslik va tarixiy tadqiqot usullari” mavzusi belgilangan. Kafedrada olib borilayotgan barcha tadqiqot ishlari ushbu yoʻnalish doirasida olib borilmoqda.

          Soʻnggi yillar ichida “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi aʼzolari orasidan yiliga muntazam ravishda fan nomzodlari yetishib chiqib, respublikamiz ilmiy salohiyatiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda. Ularning asosiy qismini yoshlar tashkil etadi. 2000-yilda O.Masaliyeva, 2001-yilda M.Tojiboyev, 2002-yilda S.Saburova, 2003-yilda S.Davletov, 2004-yilda N.Djurayeva, 2005-yilda S.Mahkamov, 2008-yilda N.Bobojonova va 2010-yilda B.N.Isoqov kabilar tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasiga, 2020-yilda N.O.Toliboyeva tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega boʻlishdi.

         Shuningdek, kafedraga biriktirilgan tadqiqotchilardan 2008-yilda  D.Sobirova (AnDU), 2009-yilda L.M.Sobirova (Oʻzteleradiokompaniya), 2011-yilda O.O.Shixov (UrDU), 2020-yili S.Ruziyeva (AnDU), M.Boltabayeva (OʻzMU) nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar.

       2004-yilda tarix fanlari doktori D.Bobojonova professorlik, 2007-yilda S.Mahkamov, 2014-yilda N.Djurayeva, 2018-yilda O.Masaliyeva dotsent unvoniga ega boʻldilar. B.Isakov, N.Toliboyeva, N.Bobojonova dotsent lavozimida faoliyat yuritib kelishmoqda. D.Bobojonova 15 nafar fan nomzodi yetishtirgan va yana koʻplab tadqiqotchilarga ilmiy rahbarlik qilmoqda.

            Kafedrada oʻqitilayotgan “Oʻzbekistonning eng tarixi” fanidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyruqlari va boshqa hujjatlar hamda davlat standartlari talablari asosida tuzilgan fanning oʻquv dasturi mavjud. Bugungi kunda kafedrada faoliyat yuritayotgan 9 nafar professor-oʻqituvchilar mazkur fandan maʼruza va amaliyot mashgʻulotlarini olib borishmoqda.

            Professor-oʻqituvchilardan 1 nafar - D.B. Bobojonova fan doktori, dotsent; 6 nafar - N.D.Djurayeva (dotsent), O.Masaliyeva (dotsent), I.Toshmatov falsafa fanlari nomzodi (dotsent), B.Isoqov (dotsent), N.A.Bobojonova (dotsent), fan nomzodlari, 1 nafar - N.Toliboyeva tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga (dotsent) hisoblanadi. Gʻ.Djumamuratov, M.Bazarova katta oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritmoqda.

         Universitet Axborot-resurs markazida “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” fani boʻyicha adabiyotlar yetarli va toʻliq taʼminlangan.

        Kafedrada ilmiy-uslubiy ishlar yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. 2022-2023-yillar uchun tuzilgan ilmiy-uslubiy ishlar rejasi mavjud. Ilmiy va uslubiy ishlar “Oʻzbekiston tarixining jahon sivilizatsiyasidagi oʻrni”, “Oʻzbekistonda millatlararo munosabatlar”, “Oʻzbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar munosabatlar”, “Oʻzbekistonda demografik jarayonlar” nomli kafedraning umumiy mavzularidan kelib chiqib tashkil qilingan.

          Kafedrada t.f.d., professor D.B.Bobojonova (“Oʻzbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar” nomli qoʻllanma, “Oʻzbekistonda maʼnaviy va maʼrifiy tiklanish va taʼlim tizimidagi islohotlar” nomli oʻquv qoʻllanma), t.f.n., dotsent N.D.Djurayeva (“Oʻzbekistonda xotin-qizlarga munosabat” va “Oʻzbekiston tarixida xotin-qizlarning ijtimoiy mavqei” nomli oʻquv qoʻllanma, “Sovet hokimiyatining Oʻzbekistonda yuritgan siyosati, uning mohiyati va oqibatlari (XX asrning 20-30 –yillarida xotin-qizlarga munosabat misolida)” nomli oʻquv-uslubiy qoʻllanma) va t.f.n. O.Masaliyeva (“Oʻzbekistonda ijtimoiy ish tarixi” nomli oʻquv qoʻllanma, “Ilmiy-tadqiqot usullari va ularning tahlili” uslubiy qoʻllanma)larning oʻquv-uslubiy ishlaridan kafedra aʼzolari oʻzlarining pedagogik faoliyatlari davomida samarali foydalanib kelmoqdalar.

            Kafedra professor-oʻqituvchilari taʼlim-tarbiya ishini ilmiy-tadqiqot ishi bilan uzviy bogʻlagan holda  olib bormoqdalar. Ular tomonidan soʻnggi yillarda oʻquv qoʻllanmalari va risolalar, koʻplab ilmiy maqola va tezislar chop etildi. Kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan respublika ilmiy jurnallarida, xalqaro konferensiyalarda, respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida va universitet miqyosida oʻtkazilgan ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

         Kafedra professor-oʻqituvchilari OʻzMU huzuridagi mintaqaviy malaka oshirish markazida oʻz malakalarini malakalarini oshirib kelmoqdalar.

         Kafedra aʼzolari maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tarbiyaning hozirgi dolzarb masalalari, eng muhimi talabalarni Vatanga muhabbat ruhida, yuksak maʼnaviyatli shaxs etib tarbiyalash bilan bogʻliq masalalarni oʻzida ifodalagan holda olib bormoqdalar.

       Kafedra aʼzolari qator jamoat ishlarida ham faol ishtirok etib kelmoqdalar. Hozirda kafedra mudiri, t.f.n., dotsent N.D.Djurayeva universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, t.f.d., prof.D.Bobojonova universitet Ota-onalar kengashi raisi sifatida taʼlim-tarbiya ishlarini amalga oshirmoqdalar.  

        Shuningdek, D.Bobojonova, N.Djurayeva, N.Toliboyevalar Oʻzbekiston tarixi telekanalidagi “Tarixiy savol”, “Mavzu” kabi telekoʻrsatuvlarda ham faol qatnashib keladilar.

       Umuman, “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi  aʼzolari universitetda olib borilayotgan taʼlim sifatini  oshirish, oʻquv-tarbiya, ilmiy-uslubiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni takomillashtirish jarayonida faol qatnashmoqda. Biroq, hali oldinda  qilinishi lozim boʻlgan va oʻz yechimini kutayotgan muhim va dolzarb  masalalar  turibdi. Ularni amalga oshirishda kafedraning har bir aʼzosi astoydil mehnat qilishi, oʻz ustida muttasil izlanishlar olib borishi, bajarayotgan ishiga nisbatan masʼuliyat his qilishi talab etiladi.  Aytish mumkinki, ushbu yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun kafedra aʼzolarining imkoniyatlari yetarli va ular bu imkoniyatlardan unumli foydalanadilar. Kafedrada O‘zDJTU Ilmiy-uslubiy kengash qoshidagi 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha tahsil olayotgan tayanch doktorant, doktorant, mustaqil izlanuvchi, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarning dissertatsiya mavzularini tasdiqlash bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyat yuritadi. Hozirda universitetda 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha 2 nafar tayanch doktarant (N.Safixodjayeva , B.Tojiyev) va 3 nafar mustaqil izlanuvchi (M.Bazarova,  A.Nomozov,  F.Xojiyev ) ilmiy tadqiqot ishi olib borishmoqda.

 

Shuningdek kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan chet tilidan oʻzbek tiligan tarjima qilingan kitoblar

Kafedraning ilmiy yoʻnalishi

Kafedraning hamkor tashkilotlari

Kafedraning ilmiy loyihalari

Kafedraning halqaro hamkorligi

Kafedra professor-oʻqituvchilar:

 

F.I.Sh.

Ilmiy daraja va lavozimi

e-mail

Djurayeva Nilufar Dalibayevna

Kafedra mudiri, professor v.b

nilu68@mail.ru

 

Babajanova Diloram

  Professor

bobojonova@mail.ru

 

Masaliyeva Oltinoy

  Dotsent

masaliyevaoltinoy@gmail.com

 

 

Toshmatov Ibrohim Mamadjanovich

  Dotsent

Nod1611@mail.ru

 

Isakov Bahadir Nig’matullayevich

  Dotsent

isakov76@mail.ru

 

Toliboyeva Nodira Odiljonovna

  Dotsent

nodiraxon.b@mail.ru

 

Babadjanova Nodira Abdullayevna

  Dotsent

nodi7507@gmail.com

 

Djumamuratov G’ulom Masharipovich

 Katta o’qituvchi

Djudov1337@mail.com

 

Bazarova Muslima Maxmudovna

 Katta o’qituvchi

muslima_1973@mail.ru

 

 

 

 

Kafedra professor-o‘qituvchilarining nashrlari

Shu jumladan koʻpgina ilmiy maqolalar, tezislar, ilmiy-uslubiy metodik maqolalar.

 

 

 

 

 

O`qituvchilari

Нилуфар Джураева Далибаевна
Т.ф.н., проф. в.б. O'zbekiston tarixi kafedrasi

Ko`rish »

Muslima Bazarova Maxmudovna
Sharqshunos tarixchi, dari tiliga ega tarix o`qituvchisi O'zbekiston tarixi kafedrasi

Ko`rish »

Дилорам Бабажанова Бабажановна
O'zbekiston tarixi kafedrasi

Ko`rish »

Gulam Djumjamuratov Masharipovich
Senior Lecturer O'zbekiston tarixi kafedrasi

Ko`rish »

Isakov Bakhadir Nigmatullayevich
dotsent O'zbekiston tarixi kafedrasi

Ko`rish »

Nodira Babadjanova Abdullayevna
history O'zbekiston tarixi kafedrasi

Ko`rish »

Масалиева Олтиной Масалиевна
O'zbekiston tarixi kafedrasi

Ko`rish »

Nodira Toliboyeva Odiljonovna
tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori, PhD O'zbekiston tarixi kafedrasi

Ko`rish »

Ибрагимжан Ташматов Ташматов
Professor O'zbekiston tarixi kafedrasi

Ko`rish »