Umumiy tilshunoslik kafedrasi

Kafedra haqida

UMUMIY TILSHUNOSLIK KAFEDRASI

 

MADJIDOVA RA’NO URISHEVNA

Lavozimi va unvoni: Kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori, professor

Qabul vaqtlari: Har kuni 14:00-16:00

Tel.: +998909419020

E-mail: r.urishevna@mail.ru   /   r.urishevna@uzswlu.uz

Kafedra joylashgan bino: rektorat binosi, 5-qavat, 520-xona

Kafedra tarixi: Umumiy tilshunoslik kafedrasi 1970-yil tashkil etilgan. Bu kafedra ko‘plab ko‘zga ko‘ringan olimlar va yetuk mutaxassislar faoliyat ko‘rsatgan. Umumiy tilshunoslik kafedrasi universitetning eng obro‘li va boy tarixga ega bo‘lgan kafedralaridan biridir.

O‘zbekistonda tilshunoslik tarixi va nazariyasi sohasida yetuk kadrlar tayyorlash maqsadida 1970-yildan boshlab Toshkent davlat chet tillari pedagogika instituti tarkibida fakultetlararo kafedra sifatida jahon tilshunosligi masalalari va muammolarini ilmiy miqyosida hal qilish maqsadida “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi tashkil etilgan.

Kafedraning birinchi mudiri filologiya fanlari nomzodi, dotsent A.S. Sodiqov bo‘lgan. U kafedrani 1970-yildan 1991-yilgacha boshqargan.

1992-yildan 1995-yilgacha O‘zbekiston fanlar akademiyasining akademigi A.R. Rustamov kafedra mudiri bo‘lib ishlagan.

1996-1997 yillarda filologiya fanlari doktori, professor A.V. Redkin kafedra mudiri etib tayinlandi.

1997-yildan 2011-yilgacha yana kafedrani dotsent A.S. Sodiqov boshqardi.

2009-yilda dotsent A.S. Sodiqov “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi qoshida Respublika filologik oliy ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan “Lingvistik seminar” tashkil qildi. Universitetda bu faoliyat uchun maxsus lingvistik yo‘nalish bo‘yicha alohida kutubxona tashkil etildi.

2011-yildan hozirgi davrga qadar kafedrani filologiya fanlari doktori, professor R.U. Madjidova boshqarib kelmoqda.

Kafedra tarkibi:

Umumiy tilshunoslik kafedrasida 17 ta professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi:

  1. Madjidova Ra’no Urishevna – kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori, professor;
  2. Muxitdinova Xadicha Sobirovna – pedagogika fanlari doktori, professor;
  3. Umirov Ixtiyor Ergashevich – filologiya fanlari nomzodi, dotsent;
  4. Shevtsova Olga Vladimirovna – filologiya fanlari nomzodi, dotsent;
  5. Muminova Aziza Arslanovna – filologiya fanlari doktori, dotsent;
  6. Narmurodova Gulnoza Ilhomovna – PhD, katta o‘qituvchi;
  7. Madaminova Nargiza Rajapbayevna – katta o‘qituvchi;
  8. Nosirova Mubina Olimovna – katta o‘qituvchi;
  9. Xakimbayeva Ozoda Kalandarovna – katta o‘qituvchi;
  10. Yuldasheva Farog’at Farxodovna – o‘qituvchi;
  11. Alimardanova Shahlo Ashurmamatovna – o‘qituvchi;
  12. Xoliqova Dilnoza Musurmonovna – o‘qituvchi;
  13. Yuldasheva Salomat Farxodovna – o‘qituvchi;
  14. Yuldashev Farxod Karimbayevich – stajor-o‘qituvchi;
  15. Galyamova Alfiya Rinatovna – stajor-o‘qituvchi;
  16. Sharipova Maloxat Saidjonovna – stajor-o‘qituvchi;
  17. Burxonova Moxira Omonilla qizi – stajor-o‘qituvchi.

Kafedraning asosiy maqsadi

Kafedraning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi:

  1. Tilshunoslikning umumnazariy va metodik muammolari;
  2. Til va jamiyat (Sotsiolingvistika);
  3. Lingvomadaniyatshunoslik asoslari (O‘quv qo‘llanma).

Kafedraning hamkor tashkilotlari:

  1. O‘zbekiston Milliy universiteti;
  2. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;
  3. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti;
  4. Samarqand davlat chet tillar instituti;
  5. Andijon davlat universiteti;
  6. Farg‘ona davlat universiteti;
  7. Buxoro davlat universiteti;
  8. O‘zDJTU huzuridagi akademik litsey;
  9. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi 2-son akademik litseyi.

Kafedraning xalqaro hamkorligi:

  1. Moskva davlat lingvistik universiteti;
  2. M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti;
  3. Tojikiston Respublikasi Rossiya-tojik (slavyan) universiteti.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

  1. Tilshunoslik;
  2. Tilshunoslikka kirish;
  3. Amaliy tilshunoslik (roman-german tillari);
  4. Tilshunoslik asoslari;
  5. Tilshunoslik: umumiy tilshunoslik;
  6. Lingvistik tahlil metodlari.

Kafedrada tayyorlanayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

60111700 – Oʻzga tilli guruhlarda rus tili;

60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili);

60230100 – Filologiya va tillarni oʻqitish (ingliz, nemis, fransuz, ispan tillari);

60230100 – Filologiya va tillarni oʻqitish (rus tili);

60230100 – Filologiya va tillarni oʻqitish (sharq tillari);

60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz, nemis, fransuz, italyan tillari);

60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (arab tili).

Magistratura mutaxassisliklari:

70230101 – Lingvistika (ingliz, nemis, fransuz tillari).

Kafedra yutuqlari:

Kafedraning ilmiy loyihalari:

1. 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida xorijiy filologiya magistratura mutaxassisligi bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish” loyihasi.

2. 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish” amaliy loyihasi.

Kafedra professor-o‘qituvchilaridan filologiya fanlari doktori, professor R.U. Madjidova, pedagogika fanlari doktori, professor X.S. Muxitdinovalar respublika miqyosida “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish” amaliy loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari tomonidan oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Ona tili – millat g‘ururi” ilmiy-ijodiy ishlar respublika tanlovida qatnashib, “Eng yaxshi dasturiy mahsulot va ishlanmalar” yo‘nalishida 1-o‘rinni egalladi. 

2021-yilning oktabr oyida kafedra mudiri,  f.f.d., professor R.U. Madjidova, f.f.d., professor Q.O. Saparova, p.f.d., professor X.S. Muhitdinovalar Tojikiston Respublikasining Rossiya-tojik (Slavyan) universitetiga tashrif buyurdi. “Rossiya-tojik (Slavyan) universitetining innovatsion ta’limni rivojlantirishdagi o‘rni va Tojikiston Respublikasining 30 yilligiga bag‘ishlangan” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.

2021-yilning noyabr oyida kafedra professor-o‘qituvchilaridan filologiya fanlari doktori, professor R.U. Madjidova, filologiya fanlari doktori, professor Q.O. Saparova, pedagogika fanlari doktori, professor X.S. Muhitdinovalar respublika miqyosida “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish” amaliy loyihasi yuzasidan Belorus Respublikasi Minsk shahrida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.

2022-yilning yanvar oyida kafedra professor-o‘qituvchilaridan filologiya fanlari doktori, professor R.U. Madjidova, pedagogika fanlari doktori, professor X.S. Muxitdinovalar  respublika miqyosida “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish” amaliy loyihasi yuzasidan Moskva shahrida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.

2023-yilning mart oyida kafedra mudiri filologiya fanlari doktori, professor R.U. Madjidova A.Navoiy nomidagi TDOTAU qoshidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida malaka oshirish kurslarini o‘tdi.

2023-yilning aprel-may oylarida kafedra o’qituvchilari F.K. Yuldashev va S.F. Yuldashevalar O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazda malaka oshirish kurslarini o‘tdi.

2023-yilning iyun oyida kafedra o’qituvchilari Sh.A. Alimardanova va A.R. Galyamovalar O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazda malaka oshirish kurslarini o‘tdi.

O`qituvchilari

Rano Madjidova Urishevna
Doctor of philological sciences, professor Umumiy tilshunoslik kafedrasi

Ko`rish »

Salomat Yuldasheva Farxadovna
teacher Umumiy tilshunoslik kafedrasi

Ko`rish »

Gulnoza Narmurodova Ilhom qizi
Umumiy tilshunoslik kafedrasi

Ko`rish »

Nargiza Madaminova Rajapbayevna
Katta o'qituvchi Umumiy tilshunoslik kafedrasi

Ko`rish »

Shaxlo Alimardanova Ashurmamatovna
Teacher Umumiy tilshunoslik kafedrasi

Ko`rish »

Ozoda Dadaeva Yuidashevna
teacher Umumiy tilshunoslik kafedrasi

Ko`rish »

Alfiya Galyamova Rinatovna
Umumiy tilshunoslik kafedrasi

Ko`rish »

Olga Shevtsova Vladimirovna
docent Umumiy tilshunoslik kafedrasi

Ko`rish »

Farxod Yuldashev Karimbayevich
head teacher Umumiy tilshunoslik kafedrasi

Ko`rish »

Yuldasheva Farogat Farxadovna
Senior teacher Umumiy tilshunoslik kafedrasi

Ko`rish »

Ixtiyor Umirov Ergashevich
dotsent Umumiy tilshunoslik kafedrasi

Ko`rish »

Mubina Nosirova Olimovna
senior teacher Umumiy tilshunoslik kafedrasi

Ko`rish »

OZODA KHAKIMBAEVA Kalandarovna
Teacher Umumiy tilshunoslik kafedrasi

Ko`rish »

Xadicha Muxitdinova Sobirovna
professor Umumiy tilshunoslik kafedrasi

Ko`rish »

Dilnoza Khalikova Musurmon qizi
Teacher Umumiy tilshunoslik kafedrasi

Ko`rish »

Aziza Muminova Arslanovna
teacher Umumiy tilshunoslik kafedrasi

Ko`rish »

Malokhat Sharipova Saidjanovna
Teacher Umumiy tilshunoslik kafedrasi

Ko`rish »

Kunduz Saparova Otaboyevna
philologist Umumiy tilshunoslik kafedrasi

Ko`rish »

Shoxista Xolmatova Sobirovna
teacher Umumiy tilshunoslik kafedrasi

Ko`rish »