Yapon tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

Kafedra haqida

Yapon tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

Kafedra tarixi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Yapon tili 1996 yildan boshlab o‘qitilib kelinmoqda. Ilk bor yapon tili ikkinchi chet sifatida tarjimonlik fakultetida ochilgan. 1999-2000 o‘quv yilidan boshlab Xalqaro jurnalistika va Tarjimonlik fakultetlarida, 2005-2006 o‘quv yillaridan boshlab 2-Ingliz filologiyasi fakultetida, 2010-2011 o‘quv yilidan boshlab 1 va 3-Ingliz filologiyasi fakultetlarida o‘qitib kelinmoqda. 2014 yil 26 iyundagi №PP 2193-qarori bilan 2014-2015 o‘quv yillarida Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida “ Filologiya va tillarni o‘qitish (Yapon tili) 5120100”  yo‘nalishi ochildi. Ushbu ta’lim yo‘nalishiga 20 nafar talaba qabul qilindi. 2018-2019 o’quv yilidan  boshlab Yapon tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi ochildi. Sharq filoloiyasi fakulteti yapon tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasida Yapon tilini asosiy til sifatida oʼrganayotgan talabalar soni 265 ta, ikkinchi chet tili sifatida 300 nafarga yaqin talaba yapon tili va madaniyatini katta qiziqish bilan oʼrganib kelmoqda. Kafedrada 11 nafar asosiy shtat oʼqituvchi faoliyat yuritadi shundan 9 nafari  oʼrindosh oʼqituvchi sifatida faoliyat yuritadi.

Xalqaro aʼloqalar quidagi tashkilotlar bilan tuzilgan;

Oʼzbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi,

JICA hamkorlik tashkiloti,

Yaponiyaning Sukuba Universiteti,

Soka Universiteti,

Bunkyo Gakuin Universiteti,

Vakayama Universiteti,

Hokkaydo Xigasikava til maktabi

O`qituvchilari

Nargiza Xamidova Mirvaxidovna
Kafedra mudiri Yapon tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

Ko`rish »