12-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga London iqtisodiyot universiteti (LSE) professori Kristian Kapone tashrif buyurdi.

Taashrif buyurgan mehmon Tarjimonlik fakulteti va Qoʻshma taʼlim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimi talabalari hamda professor-oʻqituvchilari uchun “Xalqaro biznesda ingliz tilining oʻrni va ilmiy ahamiyati” mavzusidagi oʻquv seminarini oʻtkazdi. 

Seminarda Universitet filiallari faoliyatida ingliz tili va tarjimaning ahamiyati, Kampuslardagi til sifat menejmenti tizimi haqida soʻz yuritildi.

Tadbir soʻngida talabalar seminar asoschisiga savollar bilan murojaat qildi hamda London iqtisodiyot universiteti (LSE)da tashkil qilinayotgan “Summer School” xaqida maʼlumot oldilar.

2023-12-13 03-58

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi