17-yanvar kuni OʻzDJTUda Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda inklyuziv taʼlim boʻyicha tashkil etilgan seminarning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

Dastur ishtirokchilarning Oʻzbekistonda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalari muhokamasi bilan boshlandi.Shundan soʻng britaniyalik ekspert Alex Hughs xonimning “Inklyuziv taʼlimni rivojlantirish strategiyasi” va “Imkoniyati cheklangan yoshlar va ayollar uchun yaratiladigan imkoniyatlar” mavzusida taqdimot namoyishi boʻlib oʻtdi.

Mutaxassisning mavzuga oid tavsiyalaridan soʻng ishtirokchilar bilan birga mavzular va yakuniy xulosalar muhokama qilindi.

2024-01-18 04-27

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi