2023-yil 27-noyabr kuni OʻzDJTUda Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan tavsiya etilgan fransuz tili mutaxassislari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqot avvalida universitetning Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A. Nasirov universitet haqida maʼlumot berib oʻtdi.

Shu bilan birga  mutaxassislarning kelajak rejalari muhokama qilindi. Talabalarning muloqot kompetensiyalarini (communicative competence) rivojlantirish maqsadida debat va Speaking klublar tashkil qilish, kelishilgan holda Fransuz filmlari namoyishi hamda Fransiya va Oʻzbekistonning bayramlariga bagʻishlangan tadbirlar tashkil kabi ishlarni amalga oshirishlari borasida kelishib olindi.

2023-11-27 02-14

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi