2023-yil 29-sentabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxom Tuxtasinov Fransiyaning Puatye universiteti Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi loyihalari koordinatori Lucia Baginini qabul qildi. Muloqot chogʻida tomonlar oʻqituvchi va talabalar almashinuvi, Fransiyalik talabalar uchun yozgi maktablarini tashkil qilish hamda Erasmus+ dasturi doirasida loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Bagini xonim universitetlar oʻrtasida tomonlarni qiziqtirgan hamkorlik yoʻnalishlarini oʻz ichiga olgan anglashuv memorandumini imzolash taklifini berdi.

Ilxom Tuxtasinov Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti turli sohalarda xalqaro aloqalarni rivojlantirishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

 

2023-09-29 04-15

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi