Bugun,Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili 2-fakultetida  “Ona tilim,sen ruhimning qanotisan” shiori ostida “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganligining 34 yilligi  va “Oʻzbek tili bayrami kuni”ga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovinlari M.Jakbarov hamda  Z.Xasanov,Xotin qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi F. Ashurova, tyutorlar M.Saidova, A.Isokova,G.Kadirova, Sh.Kadirova,yoshlar ittifoqi yetakchisi S.Odiljonovalar ishtirok etdi.

Mehmon sifatida ishtirok etgan Umumiy tilshunoslik kafedrasi pedagogika fanlari doktori, professor-oʻqituvchisi Muxiddinova Xadicha Sobirovna barchani Oʻzbek tili bayrami kuni bilan tabriklab,buyuk qadriyatimiz, qadimiy tillardan biri boʻlmish oʻzbek tili xalqimizning  bebaho maʼnaviy boyligi  ekanligini alohida taʼkidlab, tadbirni ochib berdi.

Bayram tadbiri davomida talabalar tomonidan milliy kuy-qoʻshiqlar raqsi, mumtoz adabiy sahna koʻrinishlari, tabrik va  madaniy chiqishlar namoyish etildi.

2023-10-21 02-41

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi