30-noyabr kuni OʻzDJTUning Axborot-resurs markazida Ingliz tili 3-fakultet talabalariga yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiya kitoblarining taqdimoti oʻtkazildi.

Taqdimotda Tarix fanlari nomzodi, dotsent N.Djurayeva, Tarix fanlari nomzodi, dotsent N.Toliboyeva, Tarix fanlari nomzodi, dotsent N.Babajanova, katta oʻqituvchi G. Djumamurodov hamda Axborot-resurs markazi direktori S.Kayumova, boʻlim mudiri Sh.Ismailovalar ishtirok etdi.  Unda Konstitutsiyaning yaratilishi, bolalar va yoshlarga Konstitutsiyada belgilangan normalarning mazmun-mohiyatini ochib berildi. 

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida oʻqituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sogʻlom, avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning maʼnaviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida eʼtirof etilishi, davlat oʻqituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligini, kasbiy jihatdan oʻsishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilinishi toʻgʻrisida soʻz bordi.

2023-12-01 02-31

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi