8-noyabr kuni Ingliz tili uchinchi fakulteti xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi X.Nishanova, Ingliz tili 1-fakulteti xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi M.Aripova, hamda tyutor K.Asqarova bilan birgalikda 7-sonli talabalar turar joylariga tashrif buyurdilar.

Tashrif jarayonida talabalarga TTJ ichki-tartib qoidalariga rioya qilishlari, tozalik va ozodalikka eʼtiborli boʻlish va TTJda mavjud sharoitlar va imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanish boʻyicha kerakli maʼlumotlarni berib oʻtdilar.

Shuningdek, 7-sonli Talabalar turar joyda istiqomat qiladigan talaba qizlar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.

Shiddatli va bahs munozaraga boy boʻlgan bellashuvda talaba qizlardan iborat jamoalar faol qatnashdilar.

2023-11-08 01-12

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi