Ingliz filologiyasi fakulteti tomonidan e'lon qilingan "Uilyam Shеkspir haftaligi" doirasida adabiy kompozitsion kecha tashkil etildi.

Kechani Ingliz filologiyasi fakulteti dekani Guli Ergasheva ochib berdi va ishtirokchilarga omadi tiladi.

Tadbirda iqtidorli talabalar tomonidan jahon adabiyotida o'zining durdona asarlari bilan o'chmas iz qoldirgan ingliz dramaturgi Uilyam Shеkspir qalamiga mansub pyessalar hamda tragediyalar sahnalashtirildi.

Xususan, Shekspirning shoh asarlaridan:
• "Hamlet",  
• "Otello",
• "Romeo va Julietta" singari tragediyalari talabalar tomonidan aktyorlik mahorati bilan ijro etildi.

Yuqori darajada tashkil etilgan tadbir barchaga birdek manzur bo'ldi. Ishtirokchilarning chiqishlari chin ma'noda mehmonlarning olqishiga sazovor bo'ldi.

2024-04-22 05-20

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi