Bugun Adiblar xiyobonida  OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti oʻqituvchisi ustozimiz B.Holbekova va tyutorlar X.Qurbonova N.Mamazohirova tomonidan fakultetning iqtidorli talaba-yoshlari ishtirokida “Aleksandr Faynberg-buyuk ijodkor” nomli badiiy kecha tashkil etildi.                             Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan A.Faynbergning hayoti va faoliyati boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtildi.  Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda Faynbergning adabiyotga, sheʼriyatga qoʻshgan hissasi haqida ham gapirib oʻtildi.Tadbir davomida “qalbi oʻzbek” rus shoiri A.Faynbergning ijodidan   betakror sheʼrlari   talabalar  tomonidan  ijro etildi.

2023-10-19 10-29

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi