Joriy yilning 19-oktyabr sanasida Ingliz tili 3-fakulteti tomonidan 5-sonli talabalar turar joyi faollar zalida “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda fakultet dekani Z.Abdusamadov, Uchtepa tumani IIOFMB XQ masalalari boʻyicha katta inspektorlari podpolkovnik R.Mirzayeva, mayor Sh.Abdukarimova, katta leytenant R.Mursalimova, fakulet dekanining yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari B.Rahmatov, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi X.Nishanova, tyutorlar hamda talabalar qizlar ishtirok etdi. Tadbir davomida soha mutaxassislar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son farmoni mazmun mohiyati, shuningdek, tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarga yordam koʻrsatish, himoya orderi berish tartibi haqida batafsil maʼlumot berildi.

2022-10-19 02-34

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi