Bugun OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov 550 nafar talaba yashayotgan 7-talabalar turar joyini koʻzdan kechirdi. 

OʻzDJTU va “Qatortol savdo” MChJ bilan hamkorlikda bunyod etilgan mazkur yotoqxona majmuasining ikkinchi qismi yaqin kunlarda talabalar ixtiyoriga topshirilishi kutilmoqda. 

Yana 550 nafar talabani oʻz bagʻriga oladigan turar joy majmuasi bilan tanishish maqsadida tashrif buyurgan universitet rektori u yerda yaratilgan sharoitlarni o’rgandi. 
Xususan, barcha jihozlarning sifatini tekshirib, talabalarga zarur sharoitlar yaratilib berilishi boʻyicha oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi. 

2023-11-18 04-23

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi