O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida ko’plab xorijiy tillar talabalarga chet ellik mutaxassislar tomonidan o’qitiladi. 

Xorijdan kelgan o’qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov va rahbariyat ishtirokida 6-talabalar turar joyidagi chet ellik professor-o'qituvchilar uchun tashkil etilayotgan mehmonxona ko'zdan kechirildi. 

O'zDJTU rektori va rahbar xodimlar turar joyning afzalliklari bilan tanishdi, shu asosda uning qulayliklari, xavfsizlik tizimlari, ta'lim muhitiga mosligi va talabalar bilan chet ellik o'qituvchilarning doimiy ravishda muloqotini ta'minlab turish imkoniyatlari e'tiborga olindi.

Bundan tashqari, turar joyning zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanishi, shuningdek, madaniy tadbirlarni tashkil etish uchun shart-sharoitlar ta'minlanishi rejalashtirilgan.

2024-04-01 03-21

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi