2024-yil 16- yanvar kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Jahon adabiyoti kafedrasiga biriktirilgan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar  ilmiy maktabi  doirasida  "Dissertatsiya  birinchi bobini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari" mavzusida ilmiy-nazariy seminar tashkil etildi. 

Seminarni O’zDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori, dotsent O.Yusupov ochib berdi. Professor G.Xalliyeva, katta o'qituvchi (PhD) Z.Sabirova dissertatsiyaning birinchi bobini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari bo'yicha ma'lumot berdi hamda kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan nashr etilgan asosiy ilmiy adabiyotlar bilan tanishtirdi.

Ikkinchi bosqich tayanch doktorantlari I.Qodirjonova va  D.Murodova tomonidan ilmiy ishlarning birinchi bobi bo'yicha axborot va tavsiyalar berildi. 

Ilmiy-nazariy seminar  davomida tadqiqotchilar o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollarga javob olishdi.

2024-01-17 04-32

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi