27-fevral kuni yetakchi tashkilot sifatida belgilangan O'zDJTU Jahon adabiyoti hamda O'zbek tili va adabiyoti qo'shma kafedralar yig'ilishida O'zbekiston davlat Islom Akademiyasi tayanch doktoranti Sanoqulova Umida Namoz qizining "Abu Homid G'azzoliyning "Mukoshafatu-l-qulub" asari balog'atining lingvistik asoslari" mavzusida filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya muhokamasi bo'lib o'tdi. 

Rasmiy taqrizchilar sifatida jahon adabiyoti kafedrasi dotsenti S.Sultonsaidova, O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori M.Tajibayev va dotsentlari S.Maksumova, O.Mo'minova tayinlangan. 

Shuningdek, muhokamada norasmiy taqrizchilar ham o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Dastur juda qiziqarli va mazmunli o'tkazildi hamda dissertatsiya himoyaga tavsiya etildi.

2024-02-28 02-04

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi