Toshkent shahridagi Inha universiteti 2023-2024 bahorgi o‘quv yili uchun magistrlik dasturiga qabul jarayonlari
boshlanganligini e‘lon qiladi.

Inha universiteti 2014-yildan boshlab Аxborot texnologiyalari, 2016-yildan logistika va 2021-yildan biznes sohalarida yuqori malakali kadrlarni o‘qitish va tayyorlash bilan shug‘ullanib kelmoqda. 2021-yilda universitet ilk bora raqamli transformatsiyada Biznes boshqaruvi (MBA in digital
transformation) magistrlik dasturini ochdi va u biznes boshqaruvining odatdagi fundamental
sohalariga qo‘shimcha ravishda, sun‘iy intellekt, katta ma‘lumotlar va bulutli hisoblash mavzularini
qamrab oladi. Barcha darslar ingliz tilida olib boriladi. 

Magistrlik dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarga Janubiy Koreyadagi Inha universiteti diplomi taqdim etiladi.

Onlayn ariza berish muddati:
ikkinchi qabul uchun 18-dekabrdan 5-yanvargacha davom etadi.

2023-12-21 05-35

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi