O‘zDJTUning hamkor universitetlaridan biri Xaydelberg Pedagogika Universiteti GIP (Germanistische Institutspartnerschaft) loyihasi doirasida universitetimizning Tarjimonlik fakulteti Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi o‘qituvchilari uchun yangi nemis badiiy adabiyoti va nemis tili o‘qitish didaktikasi bo‘yicha bir necha kitoblar va darsliklarni Germaniyadan sovg‘a tariqasida jo‘natdi.

 Ushbu kitoblardan nemis tilini chet tili sifatida o‘qitish va tarjimashunoslik sohasidagi zamonaviy ilg‘or texnologiyalar asosida dars o‘tish uchun qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan.

2024-01-08 02-39

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi