27-mart kuni O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektor A.Nasirov hamda Xalqaro reytinglar bilan ishlash boʻlimi xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida universitetning xalqaro reytinglarda ishtirok etishi boʻyicha strategik qadamlar va harakatlar, reyting indikatorlari va reytingda qatnashib, unda munosib oʻrin olish boʻyicha qilinayotgan ishlar yuzasidan hisobot berildi va boʻlimning shu kunlarda amalga oshirayotgan ishlari muhokama qilindi.

Rektor tomonidan universitetning xalqaro taʼlim muhitidagi reytingini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar
boʻyicha zarur maslahatlar berildi. Taʼlim sifatini oshirish, ilmiy izlanishlarni rivojlantirish, talaba va oʻqituvchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish kabi muhim jihatlarga alohida eʼtibor qaratildi. 

Yigʻilishning yakuniy bosqichida universitetning Times Higher Education (THE), QS World University Rankings, UI Green Metric, Ranking Web of Universities kabi jahon reytinglaridagi oʻrnini mustahkamlashga qaratilgan reja va tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha aniq qadamlar belgilandi.

 

2024-03-30 04-53

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi