16-mart kuni erta tongdan OʻzDJTU barcha manzildagi hududlarida “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari boshlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 137-F-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida universitet hududiga tegishli boʻlgan barcha tevarak-atrof tozalandi, daraxt va nihollarga ishlov berilib, oqlandi. Mazkur umumxalq xayriya hasharida universitet jamoasi faol va koʻtarinki kayfiyatda ishtirok etdi. Maʼlumot uchun: “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari 16-18 mart kunlari, uch kun davomida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

2024-03-16 11-00

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi