Hashar elga yarashar! Bugun Navro'z bayrami munosabati bilan OʻzDJTU ning Uchtepa tumani Zakovat koʻchasi 4-uy manzilida ,, Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq  xayriya hashari  keng jamoatchilik asosida tashkil etildi. Xalqimizda dunyoning boshqa xalqlari o’rganadigan, havas qilsa arziydigan qadriyatlari, urf-odatlari talaygina. Shulardan biri — bu hashar. Hashar — bu ijtimoiy hamkorlik va begʻaraz yordam shakllaridan biri.An’anaga ko'ra  tozalik, ozodalik, ko’cha-xiyobonlarni obod qilish, daraxtlarga ishlov berish, atrof-muhitni ozoda-sarishtaligini ta’minlash kabi ishlar kiradi. Hasharda rektori I.Tuxtasinov, talabalar va professor-o'qituvchilar ishtirokida universitet  hududi atrofidagi qurigan daraxt shoxlari tartibga keltirildi, yangi daraxt ko'chatlari ekildi. Atrof-muhit chiqindilardan tozalandi. Auditoriyalar, fakultet binosi, yo'lyoqalari, ariqlar tozalandi.

2024-03-20 11-42

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi