Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida ijodiy imtihonlarga start berildi. Abituriyentlar Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha og'zaki suhbat asosida imtihon topshirdi.

 

Ijodiy imtihon 2 smenada bo‘lib o‘tdi. 1-smena soat 9:00 da, 2-smena esa soat 14:00 da boshlandi.

 

Ijodiy (og'zaki) imtihonni olish jarayoniga o‘z sohasining professionallari, nazariya va amaliyotni birga olib borayotgan professor-o`qituvchilar qatnashishdi.

 

Eslatib o‘tamiz, ertaga 2023-yil 27-iyul ijodiy imtihonning 2-kuni. Unda Axborot xizmati va jamotchilik bilan aloqalar ta`lim yo‘nalishi abituriyentlari og'zaki suhbat asosida imtihon topshirishadi.

 

2023-07-26 09-34

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi