12-13 aprel kunlari O'zDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti Pedagogika va psixologiya kafedrasining bir guruh a'zolari Qozog'iston Respublikasida akademik E.Kuatbekov nomidagi Xalqlar do'stligi universitetida o’tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi. 

O’zDJTU vakillari "Актуальные вопросы современных исследований: молодёж и наука" mavzusida tashkil etilgan mazkur konferensiyada o’z ma’ruzalari bilan qatnashdi. 

Jumladan, pedagogika fanlari doktori, professor N.J.Isakulovaning "Историческое происхождение педагогических концепций" , pedagogika fanlari doktori, dotsent  M.T.Jumaniyozovaning "Проблемы преподавания гуманитарных наук в контексте цифрового гуманитарного образования", psixologiya fanlari doktori, dotsent A.K.Shametovaning "Проблема Арала и психология населения”, pedagogika fanlari doktori, dotsent M.M.Murtazayevaning “Improving the development of ecopedagogical education of students" mavzularida qilgan  ma'ruzalari konferensiya ishtirokchilarida katta qiziqish uyg'otdi.

2024-04-15 04-34

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi