12-mart sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida  yosh tadqiqotchilar uchun “Ilmiy ish formulasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar filologiya fanlari nomzodi, dotsent  Xurram Rahimov tomonidan olib borilib, unda olim o‘zi yaratgan ilmiy tadqiqot ishi formulasi xususida ma’lumotlar berdi. 

Ilmiy ish matnini shakllantirishda ta‘rif, tasnif, tasvir va muallif munosabatining aniq va izchil berilishi ishning muvaffaqiyatli bayon etilishida ahamiyatli ekanligi seminarda, tinglovchilar kelajakda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori darajasiga munosib bo‘lish uchun tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslikning  barcha yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental tushunchalarni mukammal o‘zlashtirishlari kerakligi ta’kidlandi.

Seminarni universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor O.Yusupov ochib berdi va tadqiqotchilarga ilmiy ishlarida omad tiladi.

2024-03-13 04-07

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi