24-aprel kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limida ilmiy konferensiya bo'lib o'tdi. ”Актуальные вопросы преподавания русского и английского языков в иноязычной аудитории” mavzusida tashkil etilgan konferensiyada O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori A.Nasirov, Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig’i N.Abdullayeva, Rus tili kafedrasi o’qituvchisi T.Uzbekov va bir qator faol talabalar ishtirok etdi. Dastur davomida ishtirokchilar tomonidan chet tilida so’zlashuvchi auditoriyaga ingliz va rus tillarini o’qitishdagi ahamiyatli masalalar haqida ma’ruzalar taqdim etildi.

2024-04-25 08-10

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi