O’zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida dekan, dekan muovinlari, kafedra mudirlari, tyutorlar hamda faol talabalar ishtirokida fakultetda amalga oshirilayotgan islohotlar, oldindagi maqsad va rejalarga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi

Dastur davomida Ingliz filologiyasi fakulteti dekani Guli Ergasheva fakultet ilmiy salohiyatining kundan-kunga ortib borayotgani, darslar sifatining yaxshilanayotgani, davomatdagi ijobiy o’zgarishlar, fakultet ijtimoiy hayotida bo’layotgan yangiliklar haqida nutq so’zladi, shuningdek, erishish oldinga maqsad qilib qo’yilgan marralar, kelajakka rejalar borasida alohida to’xtalib o’tdi. 

Tadbir doirasida Ingliz filologiyasi fakultetiga yangi tayinlangan O’quv ishlari bo’yicha dekan muovi Mallayev Abdug’ani Kayumovich bilan tanishuv marosimi ham bo’lib o’tdi.

2023-10-17 12-10

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi