Ingliz tili 2 fakulteti 3- kursida tahsil olayotgan 225 nafar talabalari ayni paytda poytaxtimizdagi taʼlim muassasalarida malakaviy pedagogik amaliyotlarini oʻtamoqda. 

Ulardan 28 nafari Toshkent shahar Uchtepa tumani 62-sonli umumtaʼlim maktabi hamda 30 nafar talaba “Wise school” maktabida amaliyot darslarini olib bormoqda. 7-fevral kuni talabalar tomonidan ochiq darslar tashkil etildi. 

Ingliz tili 2 fakulteti, Boshlangʻich taʼlimda ingliz tili kafedrasi mudiri Muxtorov Muhiddin mazkur ochiq darslarda ishtirok etib, talabalarning dars jarayonini kuzatib bordi. Maktab rahbariyati ham olib borilayotgan ochiq darslarni kuzatib bordi va ijobiy baholadi.

2024-02-08 02-50

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi