Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va Jazoirning Al-Wadiy universiteti oʻrtasida imzolangan memorandum asosida OʻzDJTUning 11 nafar arab tili guruhi talabalari til amaliyotini oʻtash uchun Jazoirga joʻnab ketmoqda. 2023-yil 7-oktabr kuni OʻzDJTUning rektori professor Ilxomjon Tuxtasinov Al-Wadiy universitetida malaka oshiradigan talabalar bilan uchrashib, muloqot oʻtkazdi. 

Muloqot chogʻida universitet rektori talabalarga avvalo oʻz iqtidorini munosib namoyish etish, bilimlarini oshirish va berilgan imkoniyatdan samarali foydalanish kerakligini taʼkidladi. Shuningdek ularning oʻqishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

2023-10-07 03-52

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi