#oʻz_maqsadlaringni_bil

29-yanvar kuni O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchisi A.Umrzoqova rahbarligida Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining Al-Wadiy (El-Oued) universitetida universitetlararo hamkorlik to’g’risidagi shartnomaga asosan joriy o’quv yilida tahsil olayotgan Tarjimonlik fakultetining 6 nafar va Sharq filologiyasi fakultetining 5 nafar talabasi 4 oylik o'quv mashg‘ulotlarini o'z nihoyasiga yetkazishdi.

Shu munosabat bilan Jazoirning al-Wadiy (El-Oued) universiteti rahbariyati tomonidan har bir o’zbekistonlik talabalar uchun maxsus tayyorlangan shahodatnomalar taqdim etildi.

2024-01-30 03-28

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi