Bugun O’zDJTU huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengash doktaranturada tahsil olayotgan tayanch doktorant, doktorant, stajyor-tadqiqotchi, mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzularini ko’rib chiqish, muhokama qilish tahlil qilish va tasdiqlash bo’yicha Jurnalistika ixtisoslik kengashining yig’ilishi bo’lib o’tdi.

 Unda O’zDJTU ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedogogik kadrlar tayyorlash bo’limining mustaqil tadqiqotchilik yo’nalishiga hujjat topshirayotgan tadqiqotchilar Xalqaro jurnalistika fakulteti Ilmiy muvofiqlashtiruvchi kengashida  o’z mavzularini muhokamadan  o’tkazdi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, fakultet dekani Amrullo Karimov raisligida, a’zolar tomonidan tadqiqotchilarning mavzulari, ilmiy ishlarning dolzarblik darajasi, bugungi kundagi o’ziga xos ahamiyati haqida gapirib o’tilib, kerakli mulohazalar berildi.

2024-02-09 02-33

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi